حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنِي خُبَيْبُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ حَفْصِ بْنِ عَاصِمٍ، عَنْ أَبِي سَعِيدِ بْنِ الْمُعَلَّى، قَالَ كُنْتُ أُصَلِّي فَدَعَانِي النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَلَمْ أُجِبْهُ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي كُنْتُ أُصَلِّي. قَالَ " أَلَمْ يَقُلِ اللَّهُ
﴿ اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ ﴾ ثُمَّ قَالَ أَلاَ أُعَلِّمُكَ أَعْظَمَ سُورَةٍ فِي الْقُرْآنِ قَبْلَ أَنْ تَخْرُجَ مِنَ الْمَسْجِدِ ". فَأَخَذَ بِيَدِي فَلَمَّا أَرَدْنَا أَنْ نَخْرُجَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّكَ قُلْتَ لأُعَلِّمَنَّكَ أَعْظَمَ سُورَةٍ مِنَ الْقُرْآنِ. قَالَ "﴿ الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ ﴾ هِيَ السَّبْعُ الْمَثَانِي وَالْقُرْآنُ الْعَظِيمُ الَّذِي أُوتِيتُهُ ".(Abu Saʼid ibnul-Muallo (roziyallohu anhu) aytdi:) Men namoz oʻqib turgan paytimda, Paygʻambar ﷺ meni chaqirdilar; (lekin) men u zotga javob bermadim. (Soʻng) men: «Ey Allohning Rasuli, men namoz oʻqiyotgan edim», dedim. U zot: «Alloh ‹Rasul sizlarni — sizlarga hayot baxsh etadigan (narsa)ga chaqirgan paytda — Allohga va Rasulga (itoat bilan) javob beringlar› (Anfol surasi, 24) demadimi?» dedilar, soʻng: «Sen masjiddan chiqishingdan oldin, men senga Qurʼondagi eng ulugʻ surani oʻ rgatmayinmi?» dedilar va qoʻ limdan ushladilar. (Masjiddan) chiqmoqchi boʻ lganimizda, men: «Ey Allohning Rasuli, sen menga ‹Qurʼondagi eng ulugʻ surani oʻ rgataman› degan eding», dedim. U zot: «‹Alhamdulillahi robbil-olamin (Hamd — olamlar Robbi Allohga xosdir)› (Fotiha surasi, 2) — u (sura) — Sabʼul-Masoniy (qaytarib oʻqiladigan yetti oyat) va menga berilgan ulugʻ Qurʼondir», dedilar.