حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَبْدِ الْعَزِيزِ بْنِ رُفَيْعٍ، قَالَ دَخَلْتُ أَنَا وَشَدَّادُ بْنُ مَعْقِلٍ، عَلَى ابْنِ عَبَّاسٍ رضى الله عنهما فَقَالَ لَهُ شَدَّادُ بْنُ مَعْقِلٍ أَتَرَكَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم مِنْ شَىْءٍ قَالَ مَا تَرَكَ إِلاَّ مَا بَيْنَ الدَّفَّتَيْنِ. قَالَ وَدَخَلْنَا عَلَى مُحَمَّدِ ابْنِ الْحَنَفِيَّةِ فَسَأَلْنَاهُ فَقَالَ مَا تَرَكَ إِلاَّ مَا بَيْنَ الدَّفَّتَيْنِ.
(Abdul-Aziz ibn Rufayʼ aytdi:) Men va Shaddod ibn Maʼqil Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)ning oldigʻa kirdik. Shaddod ibn Maʼqil unga: «Paygʻambar ﷺ (vafotidan keyin Qurʼondan boshqa) biror narsa qoldirdilarmi?» dedi. U: «Ikki muqova orasidagi (mushaf)dan boshqa hech narsa qoldirmadilar», dedi. (Abdul-Aziz:) Biz Muhammad ibnul-Hanafiyaning (ham) oldigʻa kirib, undan soʻradik; u (ham): «Ikki muqova orasidagi (mushaf)dan boshqa hech narsa qoldirmadilar», dedi.