حَدَّثَنَا آدَمُ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، حَدَّثَنَا مُحَارِبٌ، قَالَ سَمِعْتُ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ، رضى الله عنهما يَقُولُ تَزَوَّجْتُ فَقَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " مَا تَزَوَّجْتَ ". فَقُلْتُ تَزَوَّجْتُ ثَيِّبًا. فَقَالَ " مَا لَكَ وَلِلْعَذَارَى وَلِعَابِهَا ". فَذَكَرْتُ ذَلِكَ لِعَمْرِو بْنِ دِينَارٍ فَقَالَ عَمْرٌو سَمِعْتُ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ يَقُولُ قَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " هَلاَّ جَارِيَةً تُلاَعِبُهَا وَتُلاَعِبُكَ ".
(Muhorib aytdi:) Men Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)ni (shunday) deganini eshitdim: «Men uylandim. Rasululloh ﷺ menga: ‹Nimaga (kimga) uylanding?› dedilar. Men: ‹Tulga (bevaga) uylandim› dedim. U zot: ‹Senga nima boʻ ldiki, bokira (qiz)lar va ularning oʻ yin-kulgusidan (mahrum qolding)?› dedilar». Men buni Amr ibn Dinorga zikr qildim. Amr: «Men Jobir ibn Abdullohni: ‹Rasululloh ﷺ menga: ‹Bir (yosh) qizga (uylanmading)mi — uni sen bilan oʻ ynab, u sen bilan oʻ ynasa edi?› dedilar› deganini eshitdim», dedi.