حَدَّثَنَا صَدَقَةُ، أَخْبَرَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ، قَالَ أَخْبَرَنِي نَافِعٌ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ لَمَّا تُوُفِّيَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ أُبَىٍّ جَاءَ ابْنُهُ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَعْطِنِي قَمِيصَكَ أُكَفِّنْهُ فِيهِ، وَصَلِّ عَلَيْهِ، وَاسْتَغْفِرْ لَهُ، فَأَعْطَاهُ قَمِيصَهُ، وَقَالَ " إِذَا فَرَغْتَ فَآذِنَّا ". فَلَمَّا فَرَغَ آذَنَهُ، فَجَاءَ لِيُصَلِّيَ عَلَيْهِ، فَجَذَبَهُ عُمَرُ فَقَالَ أَلَيْسَ قَدْ نَهَاكَ اللَّهُ أَنْ تُصَلِّيَ عَلَى الْمُنَافِقِينَ فَقَالَ
﴿ اسْتَغْفِرْ لَهُمْ أَوْ لاَ تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ إِنْ تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ سَبْعِينَ مَرَّةً فَلَنْ يَغْفِرَ اللَّهُ لَهُمْ ﴾. فَنَزَلَتْ ﴿ وَلاَ تُصَلِّ عَلَى أَحَدٍ مِنْهُمْ مَاتَ أَبَدًا ﴾ فَتَرَكَ الصَّلاَةَ عَلَيْهِمْ.(Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytdi:) Abdulloh ibn Ubay vafot etganida, oʻgʻli Rasululloh ﷺning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, koʻylagingizni menga bering, uni (otamga) kafan qilay; unga (janoza) namozini oʻqing va u uchun magʻfirat soʻrang» dedi. Bas, (u zot) unga koʻylaklarini berdilar va: «(Tayyorgarlikni) tugatsang, bizga xabar ber» dedilar. (U) tugatgach, (u zotga) xabar berdi, (u zot) unga namoz oʻqimoqqa keldilar. Shunda Umar (roziyallohu anhu) u zotni (kiyimlaridan) tortib: «Alloh sizni munofiqlarga (janoza) namozi oʻqishdan qaytarmaganmidi?» dedi — Alloh: «Ular uchun magʻfirat soʻrasang ham, soʻramasang ham (barobardir); ular uchun yetmish marta magʻfirat soʻrasang ham, Alloh ularni hech magʻfirat qilmaydi» (Tavba surasi, 80-oyat) degan edi. Soʻng: «Ulardan oʻlgan birortasiga hech qachon (janoza) namozi oʻqima...» (Tavba surasi, 84-oyat) (oyati) nozil boʻldi. Shundan soʻng (u zot) ularga namoz oʻqishni tark etdilar.