حَدَّثَنَا قَيْسُ بْنُ حَفْصٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَاحِدِ، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، قَالَ حَدَّثَنِي أَبُو الضُّحَى، قَالَ حَدَّثَنِي مَسْرُوقٌ، قَالَ حَدَّثَنِي الْمُغِيرَةُ بْنُ شُعْبَةَ، قَالَ انْطَلَقَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم لِحَاجَتِهِ ثُمَّ أَقْبَلَ، فَتَلَقَّيْتُهُ بِمَاءٍ، فَتَوَضَّأَ وَعَلَيْهِ جُبَّةٌ شَأْمِيَّةٌ، فَمَضْمَضَ وَاسْتَنْشَقَ وَغَسَلَ وَجْهَهُ، فَذَهَبَ يُخْرِجُ يَدَيْهِ مِنْ كُمَّيْهِ فَكَانَا ضَيِّقَيْنِ، فَأَخْرَجَ يَدَيْهِ مِنْ تَحْتِ الْجُبَّةِ، فَغَسَلَهُمَا وَمَسَحَ بِرَأْسِهِ وَعَلَى خُفَّيْهِ.
(Mugʻiyra ibn Shuʼba (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺ hojatlari uchun (chetga) bordilar, soʻng (qaytib) keldilar. Men u zotni suv bilan kutib oldim, (u zot) tahorat qildilar; egnilarida Shom jubbasi bor edi. (U zot) ogʻiz va burunlariga suv olib (chayqab), yuzlarini yuvdilar, soʻng qoʻllarini yenglaridan chiqarmoqchi boʻldilar, ammo (yenglar) tor edi; shuning uchun qoʻllarini jubbaning ostidan chiqarib yuvdilar, boshlariga va mahsilari (xufflari) ustiga mash tortdilar.