حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ كُنْتُ أَمْشِي مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَعَلَيْهِ بُرْدٌ نَجْرَانِيٌّ غَلِيظُ الْحَاشِيَةِ، فَأَدْرَكَهُ أَعْرَابِيٌّ فَجَبَذَهُ بِرِدَائِهِ جَبْذَةً شَدِيدَةً، حَتَّى نَظَرْتُ إِلَى صَفْحَةِ عَاتِقِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَدْ أَثَّرَتْ بِهَا حَاشِيَةُ الْبُرْدِ مِنْ شِدَّةِ جَبْذَتِهِ، ثُمَّ قَالَ يَا مُحَمَّدُ مُرْ لِي مِنْ مَالِ اللَّهِ الَّذِي عِنْدَكَ. فَالْتَفَتَ إِلَيْهِ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ثُمَّ ضَحِكَ ثُمَّ أَمَرَ لَهُ بِعَطَاءٍ.
(Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) aytdi:) Men Rasululloh ﷺ bilan yurib borardim, egnilarida chetlari (hoshiyasi) qalin (dagʻal) najroniy burd bor edi. Shunda bir aʼrobiy u zotga yetib olib, ridolaridan shunday qattiq tortdiki, men Rasululloh ﷺning yelka-boʻyinlarida burdning hoshiyasi tortishning zoʻridan iz qoldirganini koʻrdim. Soʻng (u aʼrobiy): «Ey Muhammad, oldingdagi Allohning molidan menga (berishni) buyur» dedi. Rasululloh ﷺ unga oʻgirilib qaradilar, soʻng kuldilar, soʻng unga bir ato (inʼom) berishni buyurdilar.