حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، قَالَ حَدَّثَنِي جُوَيْرِيَةُ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّ عُمَرَ ـ رضى الله عنه ـ رَأَى حُلَّةً سِيَرَاءَ تُبَاعُ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ لَوِ ابْتَعْتَهَا، تَلْبَسُهَا لِلْوَفْدِ إِذَا أَتَوْكَ وَالْجُمُعَةِ. قَالَ " إِنَّمَا يَلْبَسُ هَذِهِ مَنْ لاَ خَلاَقَ لَهُ ". وَأَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم بَعَثَ بَعْدَ ذَلِكَ إِلَى عُمَرَ حُلَّةَ سِيَرَاءَ حَرِيرٍ، كَسَاهَا إِيَّاهُ فَقَالَ عُمَرُ كَسَوْتَنِيهَا وَقَدْ سَمِعْتُكَ تَقُولُ فِيهَا مَا قُلْتَ فَقَالَ " إِنَّمَا بَعَثْتُ إِلَيْكَ لِتَبِيعَهَا أَوْ تَكْسُوَهَا ".
(Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) rivoyat qildi)ki, Umar (roziyallohu anhu) sotilayotgan bir hulla siyaroni koʻrib: «Yo Rasululloh, agar buni sotib olsangiz, oldingizga vakillar kelganda va juma (kun)larida kiysangiz (yaxshi boʻlardi)» dedi. (U zot:) «Buni faqat (oxiratda) nasibasi boʻlmagan kishi kiyadi» dedilar. Soʻng shundan keyin Paygʻambar ﷺ Umarga bir ipak hulla siyaro yuborib, uni unga kiyishga berdilar. Shunda Umar: «Buni menga kiydiryapsizmi, holbuki men siz uning haqida aytgan narsangizni eshitgan edim-ku?» dedi. (U zot:) «Men buni senga faqat sotishing yoki (boshqaga) kiydirishing uchun yubordim» dedilar.