حَدَّثَنَا عَبْدُ الأَعْلَى، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ زُرَيْعٍ، حَدَّثَنَا سَعِيدٌ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ ـ رضى الله عنه ـ أَنَّ نَبِيَّ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَرَادَ أَنْ يَكْتُبَ إِلَى رَهْطٍ أَوْ أُنَاسٍ مِنَ الأَعَاجِمِ، فَقِيلَ لَهُ إِنَّهُمْ لاَ يَقْبَلُونَ كِتَابًا إِلاَّ عَلَيْهِ خَاتَمٌ، فَاتَّخَذَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم خَاتَمًا مِنْ فِضَّةٍ نَقْشُهُ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللَّهِ فَكَأَنِّي بِوَبِيصِ أَوْ بِبَصِيصِ الْخَاتَمِ فِي إِصْبَعِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَوْ فِي كَفِّهِ.
(Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qildi)ki, Allohning paygʻambari ﷺ ajamlardan (arab boʻlmaganlardan) bir guruhga — yoki bir necha kishiga — (xat) yozmoqchi boʻldilar. Shunda u zotga: «Ular muhr bosilmagan xatni qabul qilmaydilar» deyildi. Bas, Paygʻambar ﷺ kumushdan uzuk oldilar, uning naqshi «Muhammadun Rasululloh» (edi) — goʻyo men (hozir ham) Paygʻambar ﷺning barmoqlaridagi — yoki kaftlaridagi — uzukning yaltirashiga (qarab turgandekman).