وَزَادَنِي أَحْمَدُ حَدَّثَنَا الأَنْصَارِيُّ، قَالَ حَدَّثَنِي أَبِي، عَنْ ثُمَامَةَ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ كَانَ خَاتَمُ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فِي يَدِهِ، وَفِي يَدِ أَبِي بَكْرٍ بَعْدَهُ، وَفِي يَدِ عُمَرَ بَعْدَ أَبِي بَكْرٍ، فَلَمَّا كَانَ عُثْمَانُ جَلَسَ عَلَى بِئْرِ أَرِيسَ ـ قَالَ ـ فَأَخْرَجَ الْخَاتَمَ، فَجَعَلَ يَعْبَثُ بِهِ فَسَقَطَ قَالَ فَاخْتَلَفْنَا ثَلاَثَةَ أَيَّامٍ مَعَ عُثْمَانَ فَنَنْزَحُ الْبِئْرَ فَلَمْ نَجِدْهُ.
(Anas (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺning uzuklari (avval) u zotning qoʻllarida, undan keyin Abu Bakrning qoʻlida, Abu Bakrdan keyin Umarning qoʻlida edi. Usmon (davri) boʻlganida, u (Usmon) Aris qudugʻi (boshi)da oʻtirdi — (Anas) aytdi — va uzukni chiqarib, u bilan oʻynay boshladi, shunda u (quduqqa) tushib ketdi. (Anas) aytdi: Biz Usmon bilan birga uch kun (uni qidirib) ovora boʻldik, quduqning suvini tortdik (qurittirdik), ammo uni topa olmadik.