حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، قَالَ حَدَّثَنِي ابْنُ أَبِي عَدِيٍّ، عَنِ ابْنِ عَوْنٍ، عَنْ مُجَاهِدٍ، قَالَ كُنَّا عِنْدَ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ فَذَكَرُوا الدَّجَّالَ فَقَالَ إِنَّهُ مَكْتُوبٌ بَيْنَ عَيْنَيْهِ كَافِرٌ. وَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ لَمْ أَسْمَعْهُ قَالَ ذَاكَ وَلَكِنَّهُ قَالَ " أَمَّا إِبْرَاهِيمُ فَانْظُرُوا إِلَى صَاحِبِكُمْ، وَأَمَّا مُوسَى فَرَجُلٌ آدَمُ جَعْدٌ، عَلَى جَمَلٍ أَحْمَرَ مَخْطُومٍ بِخُلْبَةٍ، كَأَنِّي أَنْظُرُ إِلَيْهِ إِذِ انْحَدَرَ فِي الْوَادِي يُلَبِّي ".
(Mujohid aytdi:) Biz Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)ning huzurida edik; odamlar Dajjolni zikr qildilar. Kimdir: «Uning ikki koʻzi orasiga «kofir» deb yozilgandir» dedi. Ibn Abbos: «Men (Paygʻambar ﷺ)ning buni aytganlarini eshitmadim; lekin u zot: ‹Ibrohim (alayhissalom)ga (kelsak) — sohibingizga (yaʼni Paygʻambarning oʻzlariga) qarang; Muso (alayhissalom)ga (kelsak) — u qoramtir, jingalak (sochli), tola (arqon) bilan yuganlangan qizil tuyada (boʻlgan) bir kishidir; goʻyo men (hozir ham) uning vodiyga tushib, talbiya aytayotganini koʻrib turgandekman› dedilar» dedi.