حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ، عَنْ سُفْيَانَ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَلْقَمَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ ـ رضى الله عنه ـ لَعَنَ اللَّهُ الْوَاشِمَاتِ وَالْمُسْتَوْشِمَاتِ، وَالْمُتَنَمِّصَاتِ وَالْمُتَفَلِّجَاتِ لِلْحُسْنِ، الْمُغَيِّرَاتِ خَلْقَ اللَّهِ. مَا لِي لاَ أَلْعَنُ مَنْ لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَهْوَ فِي كِتَابِ اللَّهِ.
(Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) aytdi:) Alloh tatuirovka qiluvchi va qildiruvchi ayollarni, (yuz-qosh) tukini yuluvchilarni va goʻzallik uchun tishlarini siyraklashtiruvchilarni — Allohning yaratganini oʻzgartiruvchilarni — laʼnatlagan. Rasululloh ﷺ laʼnatlagan kishilarni nega men laʼnatlamayin? Holbuki (u) Allohning Kitobida (bordir).