حَدَّثَنِي بِشْرُ بْنُ مُحَمَّدٍ، أَخْبَرَنَا عَبْدُ اللَّهِ، أَخْبَرَنَا مُعَاوِيَةُ بْنُ أَبِي مُزَرِّدٍ، قَالَ سَمِعْتُ عَمِّي، سَعِيدَ بْنَ يَسَارٍ يُحَدِّثُ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِنَّ اللَّهَ خَلَقَ الْخَلْقَ حَتَّى إِذَا فَرَغَ مِنْ خَلْقِهِ، قَالَتِ الرَّحِمُ هَذَا مَقَامُ الْعَائِذِ بِكَ مِنَ الْقَطِيعَةِ. قَالَ نَعَمْ أَمَا تَرْضَيْنَ أَنْ أَصِلَ مَنْ وَصَلَكِ. وَأَقْطَعَ مَنْ قَطَعَكِ. قَالَتْ بَلَى يَا رَبِّ. قَالَ فَهْوَ لَكِ ". قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " فَاقْرَءُوا إِنْ شِئْتُمْ
﴿ فَهَلْ عَسَيْتُمْ إِنْ تَوَلَّيْتُمْ أَنْ تُفْسِدُوا فِي الأَرْضِ وَتُقَطِّعُوا أَرْحَامَكُمْ ﴾".(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qildi)ki, Paygʻambar ﷺ: «Alloh xalqni yaratdi; uni yaratib boʻlgach, rahm (qarindoshlik): ‹Bu — (qarindoshlikni) uzishdan Senga panoh tilovchining (turadigan) joyidir (yaʼni men panoh soʻrayman)› dedi. (Alloh:) ‹Ha; seni ulagan kishini Men ulashimga va seni uzgan kishini Men uzishimga rozi emasmisan?› dedi. (Rahm:) ‹Ha, ey Robbim, (roziman)› dedi. (Alloh:) ‹Bas, u (shu hukm) senikidir› dedi» dedilar. Rasululloh ﷺ: «Xohlasangiz, (mana bu oyatni) oʻqinglar: ‹Bas, agar (haqdan) yuz oʻgirsangiz, yer yuzida buzgʻunchilik qilishingiz va qarindoshchilik rishtalaringizni uzishingiz kutiladimi?!› (Muhammad surasi, 22-oyat)» dedilar.