حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ كَثِيرٍ، أَخْبَرَنَا سُفْيَانُ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ شُرَحْبِيلَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَىُّ الذَّنْبِ أَعْظَمُ قَالَ " أَنْ تَجْعَلَ لِلَّهِ نِدًّا وَهْوَ خَلَقَكَ ". ثُمَّ قَالَ أَىُّ قَالَ " أَنْ تَقْتُلَ وَلَدَكَ خَشْيَةَ أَنْ يَأْكُلَ مَعَكَ ". قَالَ ثُمَّ أَىُّ قَالَ " أَنْ تُزَانِيَ حَلِيلَةَ جَارِكَ ". وَأَنْزَلَ اللَّهُ تَصْدِيقَ قَوْلِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم
﴿ وَالَّذِينَ لاَ يَدْعُونَ مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ ﴾.(Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) aytdi:) Men: «Yo Rasululloh, qaysi gunoh eng katta?» dedim. (U zot:) «Alloh seni yaratgan boʻla turib, Unga (biror narsani) teng (raqib) qilishingdir» dedilar. Soʻng (men): «Soʻng qaysi?» dedim. (U zot:) «Bolangni sen bilan (birga) ovqatlanishidan qoʻrqib oʻldirishingdir» dedilar. (Men:) «Soʻng qaysi?» dedim. (U zot:) «Qoʻshningning xotini bilan zino qilishingdir» dedilar. Alloh esa Paygʻambar ﷺning soʻzlarini tasdiqlab (mana bu oyatni) nozil qildi: «Va ular Alloh bilan birga boshqa biror ilohga iltijo qilmaydilar...» (Furqon surasi, 68-oyat).