حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عَوْنٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ ـ هُوَ ابْنُ زَيْدٍ ـ عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَحْسَنَ النَّاسِ وَأَجْوَدَ النَّاسِ وَأَشْجَعَ النَّاسِ، وَلَقَدْ فَزِعَ أَهْلُ الْمَدِينَةِ ذَاتَ لَيْلَةٍ فَانْطَلَقَ النَّاسُ قِبَلَ الصَّوْتِ، فَاسْتَقْبَلَهُمُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم قَدْ سَبَقَ النَّاسَ إِلَى الصَّوْتِ وَهْوَ يَقُولُ " لَنْ تُرَاعُوا، لَنْ تُرَاعُوا ". وَهْوَ عَلَى فَرَسٍ لأَبِي طَلْحَةَ عُرْىٍ مَا عَلَيْهِ سَرْجٌ، فِي عُنُقِهِ سَيْفٌ فَقَالَ " لَقَدْ وَجَدْتُهُ بَحْرًا ". أَوْ " إِنَّهُ لَبَحْرٌ ".
(Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺ odamlarning eng goʻzali, eng saxiysi va eng botiri edilar. Bir kechasi Madina ahli choʻchib ketdi, odamlar (qoʻrqinchli) tovush tomon yoʻl oldilar; Paygʻambar ﷺ esa ularni — odamlardan oldin oʻsha tovush tomon (borib kelgan holda) — qarshi oldilar va: «Qoʻrqmanglar, qoʻrqmanglar» der edilar. (U zot) Abu Talhaning egarsiz — ustida egar yoʻq — otida, boʻyinlarida qilich (osigʻliq) holda edilar va: «Men uni (otni) (xuddi) dengiz (kabi tez) topdim» — yoki «Albatta, u (xuddi) dengizdir» — dedilar.