حَدَّثَنَا صَدَقَةُ بْنُ الْفَضْلِ، أَخْبَرَنَا ابْنُ عُيَيْنَةَ، سَمِعْتُ ابْنَ الْمُنْكَدِرِ، سَمِعَ عُرْوَةَ بْنَ الزُّبَيْرِ، أَنَّ عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ أَخْبَرَتْهُ قَالَتِ، اسْتَأْذَنَ رَجُلٌ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " ائْذَنُوا لَهُ بِئْسَ، أَخُو الْعَشِيرَةِ أَوِ ابْنُ الْعَشِيرَةِ ". فَلَمَّا دَخَلَ أَلاَنَ لَهُ الْكَلاَمَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ قُلْتَ الَّذِي قُلْتَ، ثُمَّ أَلَنْتَ لَهُ الْكَلاَمَ قَالَ " أَىْ عَائِشَةُ، إِنَّ شَرَّ النَّاسِ مَنْ تَرَكَهُ النَّاسُ ـ أَوْ وَدَعَهُ النَّاسُ ـ اتِّقَاءَ فُحْشِهِ ".
(Oisha (roziyallohu anho) xabar berishlaricha,) bir kishi Rasululloh ﷺning huzurlariga kirishga izn soʻradi; (u zot:) «Unga izn beringlar; urugʻning qanday yomon birodari — yoki urugʻning yomon oʻgʻli» dedilar. (U) kirgach esa, (u zot) unga muloyim gapirdilar. Men: «Yo Rasululloh, siz aytadiganingizni aytdingiz, soʻng unga muloyim gapirdingiz?» dedim. (U zot:) «Ey Oisha, albatta, odamlarning eng yomoni — uning behayoligi (qoʻpolligi)dan qoʻrqib, odamlar (undan) yuz oʻgirgan — yoki uni (suhbatdan) chetlatgan — kishidir» dedilar.