حَدَّثَنَا أَبُو الْوَلِيدِ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ مُخَارِقٍ، سَمِعْتُ طَارِقًا، قَالَ قَالَ عَبْدُ اللَّهِ إِنَّ أَحْسَنَ الْحَدِيثِ كِتَابُ اللَّهِ، وَأَحْسَنَ الْهَدْىِ هَدْىُ مُحَمَّدٍ صلى الله عليه وسلم.
(Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi.) (Toriq aytdi:) Abdulloh: «Albatta, soʻzlarning eng yaxshisi — Allohning Kitobidir, yoʻl-yoʻriqlarning eng yaxshisi — Muhammad ﷺning yoʻl-yoʻrigʻidir» dedi.