حَدَّثَنَا آدَمُ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، حَدَّثَنَا الْحَكَمُ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنِ الأَسْوَدِ، عَنْ عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ قَالَتْ أَرَادَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَنْ يَنْفِرَ فَرَأَى صَفِيَّةَ عَلَى باب خِبَائِهَا كَئِيبَةً حَزِينَةً لأَنَّهَا حَاضَتْ فَقَالَ " عَقْرَى حَلْقَى ـ لُغَةُ قُرَيْشٍ ـ إِنَّكِ لَحَابِسَتُنَا " ثُمَّ قَالَ " أَكُنْتِ أَفَضْتِ يَوْمَ النَّحْرِ ". يَعْنِي الطَّوَافَ قَالَتْ نَعَمْ. قَالَ " فَانْفِرِي إِذًا ".
(Oisha (roziyallohu anho) aytdilar:) Paygʻambar ﷺ (Minodan) joʻnab ketmoqchi boʻldilar va Safiyyani — u hayz koʻrgani sababli — chodiri eshigida gʻamgin, xafa holda koʻrdilar. (U zot:) «Aqro, halqo (ey baxti qaro — bu Quraysh shevasidagi ibora, soʻzma-soʻz nazarda tutilmaydi)! Albatta, sen bizni (yoʻldan) ushlab qoladigan boʻlding!» dedilar. Soʻng: «Sen Nahr (qurbonlik) kuni ifoza (tavofi) qilganmiding?» — yaʼni (ziyorat) tavofini (nazarda tutdilar) — dedilar. U: «Ha» dedi. (U zot:) «U holda joʻnayver» dedilar.