حَدَّثَنَا ابْنُ بُكَيْرٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ عُقَيْلٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ كَعْبٍ، قَالَ سَمِعْتُ كَعْبَ بْنَ مَالِكٍ، يُحَدِّثُ حِينَ تَخَلَّفَ عَنْ تَبُوكَ، وَنَهَى، رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنْ كَلاَمِنَا، وَآتِي رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأُسَلِّمُ عَلَيْهِ، فَأَقُولُ فِي نَفْسِي هَلْ حَرَّكَ شَفَتَيْهِ بِرَدِّ السَّلاَمِ أَمْ لاَ حَتَّى كَمَلَتْ خَمْسُونَ لَيْلَةً، وَآذَنَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم بِتَوْبَةِ اللَّهِ عَلَيْنَا حِينَ صَلَّى الْفَجْرَ.
(Kaʼb ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi.) (Abdulloh ibn Kaʼb aytdi: Men Kaʼb ibn Molikning — Tabukdan (jangdan) qolib ketganida va Rasululloh ﷺ biz bilan gaplashishdan (odamlarni) qaytarganida (boʻlgan voqeani) — aytib berayotganini eshitdim:) Men Rasululloh ﷺning oldilariga kelib, u zotga salom berardim va oʻzimga oʻzim: «(U zot) salomga alik olib, labini qimirlatdimi yoki yoʻqmi?» der edim — toki ellik kecha tugab, Paygʻambar ﷺ bomdod (namozini) oʻqiganida, Allohning bizning tavbamizni qabul qilganini eʼlon qilgunlarigacha.