حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ رَجَاءٍ، قَالَ حَدَّثَنَا إِسْرَائِيلُ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنِ الْبَرَاءِ بْنِ عَازِبٍ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم صَلَّى نَحْوَ بَيْتِ الْمَقْدِسِ سِتَّةَ عَشَرَ أَوْ سَبْعَةَ عَشَرَ شَهْرًا، وَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يُحِبُّ أَنْ يُوَجَّهَ إِلَى الْكَعْبَةِ، فَأَنْزَلَ اللَّهُ
﴿ قَدْ نَرَى تَقَلُّبَ وَجْهِكَ فِي السَّمَاءِ ﴾ فَتَوَجَّهَ نَحْوَ الْكَعْبَةِ، وَقَالَ السُّفَهَاءُ مِنَ النَّاسِ ـ وَهُمُ الْيَهُودُ ـ مَا وَلاَّهُمْ عَنْ قِبْلَتِهِمُ الَّتِي كَانُوا عَلَيْهَا ﴿ قُلْ لِلَّهِ الْمَشْرِقُ وَالْمَغْرِبُ يَهْدِي مَنْ يَشَاءُ إِلَى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ ﴾ فَصَلَّى مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم رَجُلٌ ثُمَّ خَرَجَ بَعْدَ مَا صَلَّى، فَمَرَّ عَلَى قَوْمٍ مِنَ الأَنْصَارِ فِي صَلاَةِ الْعَصْرِ نَحْوَ بَيْتِ الْمَقْدِسِ فَقَالَ هُوَ يَشْهَدُ أَنَّهُ صَلَّى مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم، وَأَنَّهُ تَوَجَّهَ نَحْوَ الْكَعْبَةِ. فَتَحَرَّفَ الْقَوْمُ حَتَّى تَوَجَّهُوا نَحْوَ الْكَعْبَةِ.Baro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ oʻn olti yoki oʻn yetti oy Baytul-Maqdisga yuzlanib namoz oʻqidilar, lekin Kaʼbaga yuzlanishni xohlar edilar. Shunda Alloh: ‹Albatta, Biz yuzingning osmonga burilishini koʻrayapmiz...› (Baqara, 144) — (oyatini) nozil qildi. Bas, Paygʻambar ﷺ Kaʼbaga yuzlandilar. Odamlar ichidagi ahmoqlar — yaʼni yahudiylar: ‹Ularni ilgari amal qilgan qiblasi (Baytul-Maqdis)dan nima burdi?› — dedi. (Alloh nozil qildi:) ‹Ayt: Sharq ham, gʻarb ham Allohniki; U xohlaganini toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiladi› (Baqara, 142). Bir kishi Paygʻambar ﷺ bilan (Kaʼbaga yuzlanib) namoz oʻqidi va chiqdi. U baʼzi ansoriylarni asr namozini Baytul-Maqdisga yuzlanib oʻqiyotgan holda koʻrdi va: ‹Men guvohlik beramanki, Rasululloh ﷺ bilan Kaʼbaga yuzlanib namoz oʻqidim›, — dedi. Shunda hamma odam yuzlarini Kaʼbaga burdi.