حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ يُوسُفَ، قَالَ أَخْبَرَنَا مَالِكُ بْنُ أَنَسٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ دِينَارٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، قَالَ بَيْنَا النَّاسُ بِقُبَاءٍ فِي صَلاَةِ الصُّبْحِ إِذْ جَاءَهُمْ آتٍ فَقَالَ إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَدْ أُنْزِلَ عَلَيْهِ اللَّيْلَةَ قُرْآنٌ، وَقَدْ أُمِرَ أَنْ يَسْتَقْبِلَ الْكَعْبَةَ فَاسْتَقْبِلُوهَا، وَكَانَتْ وُجُوهُهُمْ إِلَى الشَّأْمِ، فَاسْتَدَارُوا إِلَى الْكَعْبَةِ.
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Odamlar Quboda (Madina yaqinida) bomdod namozini oʻqiyotgan paytda, bir kishi kelib: ‹Bu kechasi Rasululloh ﷺ ga (vahiy) nozil boʻldi va u zot Kaʼbaga yuzlanib namoz oʻqishga buyurildi. Bas, yuzlaringizni Kaʼbaga buringlar›, — dedi. Oʻsha odamlar Shom (Quddus) tomonga yuzlangan edi; shunda ular yuzlarini (Makkadagi) Kaʼbaga burdi.