حَدَّثَنَا مَالِكُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، قَالَ حَدَّثَنَا زُهَيْرٌ، قَالَ حَدَّثَنَا حُمَيْدٌ، عَنْ أَنَسٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم رَأَى نُخَامَةً فِي الْقِبْلَةِ فَحَكَّهَا بِيَدِهِ، وَرُئِيَ مِنْهُ كَرَاهِيَةٌ ـ أَوْ رُئِيَ كَرَاهِيَتُهُ لِذَلِكَ وَشِدَّتُهُ عَلَيْهِ ـ وَقَالَ " إِنَّ أَحَدَكُمْ إِذَا قَامَ فِي صَلاَتِهِ فَإِنَّمَا يُنَاجِي رَبَّهُ ـ أَوْ رَبُّهُ بَيْنَهُ وَبَيْنَ قِبْلَتِهِ ـ فَلاَ يَبْزُقَنَّ فِي قِبْلَتِهِ، وَلَكِنْ عَنْ يَسَارِهِ أَوْ تَحْتَ قَدَمِهِ ". ثُمَّ أَخَذَ طَرَفَ رِدَائِهِ فَبَزَقَ فِيهِ، وَرَدَّ بَعْضَهُ عَلَى بَعْضٍ، قَالَ " أَوْ يَفْعَلُ هَكَذَا ".
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ qibla tomonda (masjid devorida) balgʻam koʻrdilar va uni qoʻllari bilan qirib tashladilar. U zotga yoqmagani va yuzlaridan norozilik alomati zohir boʻlgani koʻrindi. U zot: «Biringiz namozga tursa, Robbi bilan maxfiy soʻzlashadi (yoki: Robbi u bilan qiblasi orasida boʻladi); shuning uchun qiblasi tomonga tupurmasin; balki chap tomoniga yoki oyogʻi ostiga tupursin», — dedilar. Soʻng choyshablarining bir uchini olib, unga tupurdilar, uni bukib: «Yoki shunday qilinglar», — dedilar.