حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنِ الْمُسَيَّبِ بْنِ رَافِعٍ، عَنْ وَرَّادٍ، مَوْلَى الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ قَالَ كَتَبَ الْمُغِيرَةُ إِلَى مُعَاوِيَةَ بْنِ أَبِي سُفْيَانَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَقُولُ فِي دُبُرِ كُلِّ صَلاَةٍ إِذَا سَلَّمَ " لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ، وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ، وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهْوَ عَلَى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ، اللَّهُمَّ لاَ مَانِعَ لِمَا أَعْطَيْتَ، وَلاَ مُعْطِيَ لِمَا مَنَعْتَ، وَلاَ يَنْفَعُ ذَا الْجَدِّ مِنْكَ الْجَدُّ ". وَقَالَ شُعْبَةُ عَنْ مَنْصُورٍ قَالَ سَمِعْتُ الْمُسَيَّبَ.
(Mugʻiraning ozod qilingan quli Warrod (rivoyat qildi):) Mugʻira (ibn Shuʼba) Muoviya ibn Abu Sufyonga (xat) yozib (bildirdiki,) Rasululloh ﷺ har namozdan keyin, salom berganlarida, shunday der edilar: «La ilaha illalloh, vahdahu la shariyka lah, lahul-mulku va lahul-hamdu, va huva ala kulli shayʼin qodiyr. Allohumma la maniʼa lima aʼtoyta, va la muʼtiya lima manaʼta, va la yanfaʼu zal-jaddi minkal-jadd» (Allohdan oʻzga iloh yoʻq, U yagonadir, Uning sherigi yoʻq; mulk Unikidir, hamd ham Unikidir, U har narsaga qodirdir. Allohim, Sen bergan narsaga toʻsiq qoʻyguvchi yoʻq, Sen man qilgan narsani beruvchi yoʻq; mol-martaba egasiga (Sening huzuringda) uning martabasi foyda bermas). (Shuʼba Mansurdan: ‹Men Musayyabdan eshitdim› dedi.)