حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ مَسْرُوقٍ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ دَخَلَتْ عَلَىَّ عَجُوزَانِ مِنْ عُجُزِ يَهُودِ الْمَدِينَةِ فَقَالَتَا لِي إِنَّ أَهْلَ الْقُبُورِ يُعَذَّبُونَ فِي قُبُورِهِمْ، فَكَذَّبْتُهُمَا، وَلَمْ أُنْعِمْ أَنْ أُصَدِّقَهُمَا، فَخَرَجَتَا وَدَخَلَ عَلَىَّ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَقُلْتُ لَهُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ عَجُوزَيْنِ وَذَكَرْتُ لَهُ، فَقَالَ " صَدَقَتَا، إِنَّهُمْ يُعَذَّبُونَ عَذَابًا تَسْمَعُهُ الْبَهَائِمُ كُلُّهَا ". فَمَا رَأَيْتُهُ بَعْدُ فِي صَلاَةٍ إِلاَّ تَعَوَّذَ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ.
(Oisha (roziyallohu anho) aytdi:) Mening oldimga Madina yahudiylarining kampirlaridan ikkitasi kirib: «Qabr ahli oʻz qabrlarida azoblanadi», dedilar. Men ularni yolgʻonchiga chiqardim va ularni tasdiqlashni (oʻzimga) ravo koʻrmadim. Ular chiqib ketishdi, oldimga Paygʻambar ﷺ kirdilar. Men u zotga: «Yo Rasululloh, ikkita kampir...» deb (boʻlgan voqeani) aytib berdim. U zot: «Ular toʻgʻri aytibdi; albatta ular shunday azoblanadilarki, uni (azob ovozini) barcha hayvonlar eshitadi», dedilar. Shundan keyin men u zotni har namozda qabr azobidan (Allohga) panoh tilamagan holda (hech) koʻrmadim.