حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْعَلاَءِ، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، عَنْ بُرَيْدِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، عَنْ أَبِي بُرْدَةَ، عَنْ أَبِي مُوسَى، قَالَ دَعَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم بِمَاءٍ فَتَوَضَّأَ، ثُمَّ رَفَعَ يَدَيْهِ فَقَالَ " اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِعُبَيْدٍ أَبِي عَامِرٍ ". وَرَأَيْتُ بَيَاضَ إِبْطَيْهِ فَقَالَ " اللَّهُمَّ اجْعَلْهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَوْقَ كَثِيرٍ مِنْ خَلْقِكَ مِنَ النَّاسِ ".
(Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺ suv soʻrab, tahorat qildilar, soʻng qoʻllarini koʻtarib: «Allohummagʻfir li-Ubaydin Abu Omir» (Allohim, Ubayd Abu Omirni magʻfirat qil) dedilar. Men u zotning qoʻltiqlarining oqligini koʻrdim. Soʻng u zot: «Allohim, uni Qiyomat kunida xalqingdan — odamlardan — koʻpining ustida (yuqori martabada) qilgin», dedilar.