حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ سُمَىٍّ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " مَنْ قَالَ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ، وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهْوَ عَلَى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ. فِي يَوْمٍ مِائَةَ مَرَّةٍ، كَانَتْ لَهُ عَدْلَ عَشْرِ رِقَابٍ، وَكُتِبَ لَهُ مِائَةُ حَسَنَةٍ، وَمُحِيَتْ عَنْهُ مِائَةُ سَيِّئَةٍ، وَكَانَتْ لَهُ حِرْزًا مِنَ الشَّيْطَانِ يَوْمَهُ ذَلِكَ، حَتَّى يُمْسِيَ، وَلَمْ يَأْتِ أَحَدٌ بِأَفْضَلَ مِمَّا جَاءَ بِهِ إِلاَّ رَجُلٌ عَمِلَ أَكْثَرَ مِنْهُ ".
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki,) Rasululloh ﷺ: «Kim bir kunda yuz marta ‹La ilaha illalloh, vahdahu la shariyka lah, lahul-mulku va lahul-hamd, va huva ala kulli shayʼin qodiyr› (Allohdan oʻzga iloh yoʻq, U yagona, sherigi yoʻq; mulk Unikidir, hamd Unikidir, U har narsaga qodir) desa, bu unga oʻnta qul ozod qilgancha (savob) boʻladi; unga yuzta yaxshilik yoziladi, undan yuzta yomonlik oʻchiriladi; bu — oʻsha kuni kechgacha — uning uchun shaytondan (saqlovchi) panoh boʻladi; va hech kim u keltirgandan koʻra afzalroq (amal) keltira olmaydi — magar undan koʻproq (shu zikrni) qilgan kishi (boʻlsa)», dedilar.