حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، قَالَ حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ سَعِيدٍ الْمَقْبُرِيِّ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " مَنْ كَانَتْ عِنْدَهُ مَظْلَمَةٌ لأَخِيهِ فَلْيَتَحَلَّلْهُ مِنْهَا، فَإِنَّهُ لَيْسَ ثَمَّ دِينَارٌ وَلاَ دِرْهَمٌ مِنْ قَبْلِ أَنْ يُؤْخَذَ لأَخِيهِ مِنْ حَسَنَاتِهِ، فَإِنْ لَمْ يَكُنْ لَهُ حَسَنَاتٌ أُخِذَ مِنْ سَيِّئَاتِ أَخِيهِ، فَطُرِحَتْ عَلَيْهِ ".
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki,) Rasululloh ﷺ: «Kimning zimmasida birodariga (qilgan) bir zulmi boʻlsa, (oʻlimidan oldin) undan halollik (kechirim) soʻrab olsin — chunki u yerda (oxiratda) na dinor, na dirham (boʻladi); (zulm qilgan kishining) yaxshiliklaridan birodari uchun olinishidan oldin (kechirim soʻrasin). Agar uning yaxshiliklari boʻlmasa, birodarining yomonliklaridan olinib, uning ustiga yuklanadi», dedilar.