حَدَّثَنِي عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا مُعَاوِيَةُ بْنُ عَمْرٍو، حَدَّثَنَا أَبُو إِسْحَاقَ، عَنْ حُمَيْدٍ، قَالَ سَمِعْتُ أَنَسًا، يَقُولُ أُصِيبَ حَارِثَةُ يَوْمَ بَدْرٍ وَهْوَ غُلاَمٌ، فَجَاءَتْ أُمُّهُ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَدْ عَرَفْتَ مَنْزِلَةَ حَارِثَةَ مِنِّي، فَإِنْ يَكُ فِي الْجَنَّةِ أَصْبِرْ وَأَحْتَسِبْ، وَإِنْ تَكُنِ الأُخْرَى تَرَى مَا أَصْنَعُ. فَقَالَ " وَيْحَكِ ـ أَوَهَبِلْتِ ـ أَوَجَنَّةٌ وَاحِدَةٌ هِيَ جِنَانٌ كَثِيرَةٌ، وَإِنَّهُ لَفِي جَنَّةِ الْفِرْدَوْسِ ".
(Anas (roziyallohu anhu) aytdi:) Horisa Badr kuni — u (hali) yosh bola edi — (oʻq tegib) shahid boʻldi. Uning onasi Paygʻambar ﷺning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, Horisaning men uchun (qadrli) oʻrnini bilasiz; agar u jannatda boʻlsa, sabr qilib, (savobini) Allohdan kutaman; agar boshqacha (doʻzaxda) boʻlsa, men nima qilishimni koʻrasiz», dedi. U zot: «Voy senga (essiz) — yoki: aqlingni yoʻqotdingmi? — jannat bittagina deb oʻylaysanmi? U (jannat)lar koʻpdir; u (Horisa) esa Firdavs jannatidadir», dedilar.