حَدَّثَنَا مَالِكُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا إِسْرَائِيلُ، عَنْ عَاصِمٍ، عَنْ أَبِي عُثْمَانَ، عَنْ أُسَامَةَ، قَالَ كُنْتُ عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم إِذْ جَاءَهُ رَسُولُ إِحْدَى بَنَاتِهِ وَعِنْدَهُ سَعْدٌ وَأُبَىُّ بْنُ كَعْبٍ وَمُعَاذٌ أَنَّ ابْنَهَا يَجُودُ بِنَفْسِهِ. فَبَعَثَ إِلَيْهَا " لِلَّهِ مَا أَخَذَ، وَلِلَّهِ مَا أَعْطَى، كُلٌّ بِأَجَلٍ، فَلْتَصْبِرْ وَلْتَحْتَسِبْ ".
(Usoma (roziyallohu anhumo) aytdi:) Men Paygʻambar ﷺning oldilarida edim — Saʼd, Ubayy ibn Kaʼb va Muoz (ham) yonlarida edi — shunda u zotning qizlaridan birining elchisi kelib, uning (qizning) oʻgʻli jon berayotganini (xabar qildi). U zot unga (qizga) elchi yuborib: «Olgani ham Allohniki, bergani ham Allohniki; har narsa belgilangan ajal bilandir; bas, sabr qilsin va (savobini) Allohdan kutsin», (dedilar).