حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ إِسْمَاعِيلَ بْنِ جَعْفَرٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ دِينَارٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ بَعَثَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بَعْثًا وَأَمَّرَ عَلَيْهِمْ أُسَامَةَ بْنَ زَيْدٍ، فَطَعَنَ بَعْضُ النَّاسِ فِي إِمْرَتِهِ فَقَامَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " إِنْ كُنْتُمْ تَطْعَنُونَ فِي إِمْرَتِهِ فَقَدْ كُنْتُمْ تَطْعَنُونَ، فِي إِمْرَةِ أَبِيهِ مِنْ قَبْلُ، وَايْمُ اللَّهِ إِنْ كَانَ لَخَلِيقًا لِلإِمَارَةِ، وَإِنْ كَانَ لَمِنْ أَحَبِّ النَّاسِ إِلَىَّ، وَإِنَّ هَذَا لَمِنْ أَحَبِّ النَّاسِ إِلَىَّ بَعْدَهُ ".
(Ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytdi:) Rasululloh ﷺ bir qoʻshin (laskar) joʻnatib, ularga Usoma ibn Zaydni amir (boshliq) qilib tayinladilar. Baʼzi kishilar uning amirligiga (boshliqligiga) taʼna qildilar. Shunda Rasululloh ﷺ turib: «Agar siz uning amirligiga taʼna qilayotgan boʻlsangiz, bundan oldin (ham) uning otasining amirligiga taʼna qilgan edingiz. Allohga qasamki, u (otasi Zayd) amirlikka loyiq edi; u menga eng sevimli kishilardan edi; mana bu (Usoma) ham, undan keyin, menga eng sevimli kishilardandir», dedilar.