حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ، أَنَّ رَجُلاً، سَمِعَ رَجُلاً، يَقْرَأُ
﴿ قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ ﴾ يُرَدِّدُهَا، فَلَمَّا أَصْبَحَ جَاءَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَذَكَرَ ذَلِكَ لَهُ، وَكَأَنَّ الرَّجُلَ يَتَقَالُّهَا فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ إِنَّهَا لَتَعْدِلُ ثُلُثَ الْقُرْآنِ ".(Abu Saʼid (al-Xudriy) (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki,) Bir kishi boshqa bir kishining ‹Qul huvallohu ahad› (Ixlos surasi, 1-oyat)ni takror-takror oʻqiyotganini eshitdi. Tong otgach, u Rasululloh ﷺning oldilariga kelib, buni u zotga zikr qildi — goʻyo (oʻsha) kishi uni (bu surani) oz (kam) deb hisoblayotgandek (edi). Shunda Rasululloh ﷺ: «Joni qoʻlimda boʻlgan Zot bilan qasamki, albatta u (sura) Qurʼonning uchdan biriga teng (keladi)», dedilar.