حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم اصْطَنَعَ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ وَكَانَ يَلْبَسُهُ، فَيَجْعَلُ فَصَّهُ فِي بَاطِنِ كَفِّهِ، فَصَنَعَ النَّاسُ خَوَاتِيمَ ثُمَّ إِنَّهُ جَلَسَ عَلَى الْمِنْبَرِ فَنَزَعَهُ، فَقَالَ " إِنِّي كُنْتُ أَلْبَسُ هَذَا الْخَاتِمَ وَأَجْعَلُ فَصَّهُ مِنْ دَاخِلٍ ". فَرَمَى بِهِ ثُمَّ قَالَ " وَاللَّهِ لاَ أَلْبَسُهُ أَبَدًا ". فَنَبَذَ النَّاسُ خَوَاتِيمَهُمْ.
(Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki,) Rasululloh ﷺ oltindan bir uzuk yasattirdilar va uni — koʻzini (qoshini) kaftlarining ich tomoniga qaratib — taqib yurardilar. Shu sababli odamlar (ham) uzuklar yasattirdilar. Soʻng u zot minbarga oʻtirib, uni (uzukni) yechdilar va: «Men bu uzukni taqib, koʻzini ich tomonga qaratib yurardim», dedilar. Soʻng uni (uloqtirib) tashladilar va: «Allohga qasamki, men uni hech qachon taqmayman», dedilar. Bas, odamlar (ham) oʻz uzuklarini tashladilar.