حَدَّثَنَا الْحَسَنُ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا الْحَجَّاجُ، عَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ، قَالَ زَعَمَ عَطَاءٌ أَنَّهُ سَمِعَ عُبَيْدَ بْنَ عُمَيْرٍ، يَقُولُ سَمِعْتُ عَائِشَةَ، تَزْعُمُ أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَمْكُثُ عِنْدَ زَيْنَبَ بِنْتِ جَحْشٍ، وَيَشْرَبُ عِنْدَهَا عَسَلاً، فَتَوَاصَيْتُ أَنَا وَحَفْصَةُ أَنَّ أَيَّتَنَا دَخَلَ عَلَيْهَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَلْتَقُلْ إِنِّي أَجِدُ مِنْكَ رِيحَ مَغَافِيرَ، أَكَلْتَ مَغَافِيرَ فَدَخَلَ عَلَى إِحْدَاهُمَا فَقَالَتْ ذَلِكَ لَهُ. فَقَالَ " لاَ بَلْ شَرِبْتُ عَسَلاً عِنْدَ زَيْنَبَ بِنْتِ جَحْشٍ، وَلَنْ أَعُودَ لَهُ ". فَنَزَلَتْ
﴿ يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ لِمَ تُحَرِّمُ مَا أَحَلَّ اللَّهُ لَكَ ﴾، ﴿ إِنْ تَتُوبَا إِلَى اللَّهِ ﴾، لِعَائِشَةَ وَحَفْصَةَ، ﴿ وَإِذْ أَسَرَّ النَّبِيُّ إِلَى بَعْضِ أَزْوَاجِهِ حَدِيثًا ﴾ لِقَوْلِهِ " بَلْ شَرِبْتُ عَسَلاً ". وَقَالَ لِي إِبْرَاهِيمُ بْنُ مُوسَى عَنْ هِشَامٍ، " وَلَنْ أَعُودَ لَهُ، وَقَدْ حَلَفْتُ، فَلاَ تُخْبِرِي بِذَلِكَ أَحَدًا ".(Oisha (roziyallohu anho) rivoyat qildiki,) Paygʻambar ﷺ Zaynab bint Jahshning oldida (bir muddat) turar va uning oldida asal ichardilar. Men va Hafsa (oʻzaro): ‹Qaysimizning oldimizga Paygʻambar ﷺ kirsalar, u: «Men sizdan magʻofir (yoqimsiz hidli sharbat) hidini sezyapman; magʻofir yedingizmi?» desin›, deb maslahatlashdik. Bas, u zot ulardan birining oldiga kirganlarida, u shuni (aytdi). U zot: «Yoʻq; balki men Zaynab bint Jahshning oldida asal ichdim; endi unga (asalga) qaytmayman», dedilar. Shunda ‹Ey Paygʻambar, nega Alloh senga halol qilgan narsani (oʻzingga) harom qilasan?...› (Tahrim surasi, 1-oyat); ‹Agar ikkovingiz Allohga tavba qilsangiz...› (Tahrim surasi, 4-oyat) — (bu) Oisha va Hafsa (haqida); ‹Paygʻambar xotinlaridan biriga bir gapni sir qilib aytganida...› (Tahrim surasi, 3-oyat) — u zotning ‹balki men asal ichdim› degan soʻzi (haqida) nozil boʻldi. (Ibrohim ibn Muso Hishomdan menga: u zot ‹...endi unga qaytmayman; men (buni) qasam (bilan) aytdim; bas, buni hech kimga aytma› dedilar, deb rivoyat qildi.)