حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ شُعْبَةَ، قَالَ حَدَّثَنِي أَبُو جَمْرَةَ، حَدَّثَنَا زَهْدَمُ بْنُ مُضَرِّبٍ، قَالَ سَمِعْتُ عِمْرَانَ بْنَ حُصَيْنٍ، يُحَدِّثُ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " خَيْرُكُمْ قَرْنِي، ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ، ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ ـ قَالَ عِمْرَانُ لاَ أَدْرِي ذَكَرَ ثِنْتَيْنِ أَوْ ثَلاَثًا بَعْدَ قَرْنِهِ ـ ثُمَّ يَجِيءُ قَوْمٌ يَنْذُرُونَ وَلاَ يَفُونَ، وَيَخُونُونَ وَلاَ يُؤْتَمَنُونَ، وَيَشْهَدُونَ وَلاَ يُسْتَشْهَدُونَ، وَيَظْهَرُ فِيهِمُ السِّمَنُ ".
(Zahdam ibn Muzarrib aytdi:) Men Imron ibn Husaynning Paygʻambar ﷺdan (rivoyat qilib) aytganini eshitdim: «Sizlarning eng yaxshingiz — mening (zamonamdagi) avlodim; soʻng ularga ergashganlar; soʻng ularga ergashganlar» (Imron: u zot oʻz avlodidan keyin ikkita yoki uchta (avlod) zikr qildimi, bilmayman, dedi). «Soʻng shunday qavm keladiki, ular nazr qiladi-yu, ado etmaydi; xiyonat qiladi-yu, ishonchli boʻlmaydi; (soʻralmasa ham) guvohlik beradi-yu, guvohlikka (loyiq) boʻlmaydi; ularda semizlik paydo boʻladi», dedilar.