حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ الْمُنْكَدِرِ، سَمِعَ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ ـ رضى الله عنهما ـ يَقُولُ مَرِضْتُ فَعَادَنِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَأَبُو بَكْرٍ وَهُمَا مَاشِيَانِ، فَأَتَانِي وَقَدْ أُغْمِيَ عَلَىَّ فَتَوَضَّأَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَصَبَّ عَلَىَّ وَضُوءَهُ فَأَفَقْتُ. فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ كَيْفَ أَصْنَعُ فِي مَالِي، كَيْفَ أَقْضِي فِي مَالِي فَلَمْ يُجِبْنِي بِشَىْءٍ حَتَّى نَزَلَتْ آيَةُ الْمَوَارِيثِ.
(Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo) aytdi:) Men kasal boʻldim; Rasululloh ﷺ va Abu Bakr — ikkalalari piyoda — meni koʻrgani keldilar. U zot oldimga kelganlarida, men hushdan ketgan edim. Rasululloh ﷺ taharat oldilar va taharatlarining (suvini) ustimga quydilar; men oʻzimga keldim. Men: «Yo Rasululloh, molim haqida qanday qilay? Molimni qanday taqsimlay?» dedim. U zot menga — toki meros (taqsimoti) oyati nozil boʻlmaguncha — hech narsa javob bermadilar.