حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ يُوسُفَ، حَدَّثَنَا ابْنُ عُيَيْنَةَ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ أَبِي إِدْرِيسَ الْخَوْلاَنِيِّ، عَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ كُنَّا عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فِي مَجْلِسٍ فَقَالَ " بَايِعُونِي عَلَى أَنْ لاَ تُشْرِكُوا بِاللَّهِ شَيْئًا وَلاَ تَسْرِقُوا، وَلاَ تَزْنُوا ". وَقَرَأَ هَذِهِ الآيَةَ كُلَّهَا " فَمَنْ وَفَى مِنْكُمْ فَأَجْرُهُ عَلَى اللَّهِ وَمَنْ أَصَابَ مِنْ ذَلِكَ شَيْئًا فَعُوقِبَ بِهِ، فَهْوَ كَفَّارَتُهُ، وَمَنْ أَصَابَ مِنْ ذَلِكَ شَيْئًا، فَسَتَرَهُ اللَّهُ عَلَيْهِ، إِنْ شَاءَ غَفَرَ لَهُ، وَإِنْ شَاءَ عَذَّبَهُ ".
(Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki, u aytdi:) Biz Paygʻambar ﷺning huzurlarida bir majlisda edik. U zot: «Allohga hech narsani sherik qilmaslik, oʻgʻirlik qilmaslik va zino qilmaslik (sharti) bilan menga bayʼat beringlar», dedilar va mana shu oyatni toʻliq oʻqidilar: «...Sizlardan kim (ahdiga) vafo qilsa, uning ajri Alloh zimmasidadir...» (Mumtahina surasi, 12-oyat). Soʻng U zot: «Kim bulardan birortasiga qoʻl urib, (dunyoda) jazolansa, bu unga kafforatdir. Kim bulardan birortasini qilib, Alloh uni yopsa (oshkor qilmasa) — xohlasa, kechiradi, xohlasa, azoblaydi», dedilar.