حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ قَالَ عُمَرُ لَقَدْ خَشِيتُ أَنْ يَطُولَ بِالنَّاسِ زَمَانٌ حَتَّى يَقُولَ قَائِلٌ لاَ نَجِدُ الرَّجْمَ فِي كِتَابِ اللَّهِ. فَيَضِلُّوا بِتَرْكِ فَرِيضَةٍ أَنْزَلَهَا اللَّهُ، أَلاَ وَإِنَّ الرَّجْمَ حَقٌّ عَلَى مَنْ زَنَى، وَقَدْ أَحْصَنَ، إِذَا قَامَتِ الْبَيِّنَةُ، أَوْ كَانَ الْحَمْلُ أَوْ الاِعْتِرَافُ ـ قَالَ سُفْيَانُ كَذَا حَفِظْتُ ـ أَلاَ وَقَدْ رَجَمَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَرَجَمْنَا بَعْدَهُ.
(Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) rivoyat qildiki,) Umar (roziyallohu anhu) aytdi: «Men odamlarga uzoq zamon oʻtib: ‹Biz Allohning Kitobida rajmni topmayapmiz›, deb aytadigan biror kimsa chiqib qolishidan va Alloh nozil qilgan bir farizani tark etib adashishlaridan qoʻrqaman. Ogoh boʻlinglar! Albatta rajm — zino qilgan va muhsan (uylangan) boʻlgan kishiga, agar bayyina (dalil) qoʻyilsa, yoki homiladorlik, yoki iqror boʻlsa — haqdir.» — Sufyon: ‹Men shunday yodladim›, dedi. — «Ogoh boʻlinglar! Rasululloh ﷺ rajm qildilar, biz ham U zotdan keyin rajm qildik.»