حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم جَاءَهُ أَعْرَابِيٌّ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ امْرَأَتِي وَلَدَتْ غُلاَمًا أَسْوَدَ. فَقَالَ " هَلْ لَكَ مِنْ إِبِلٍ ". قَالَ نَعَمْ. قَالَ " مَا أَلْوَانُهَا ". قَالَ حُمْرٌ. قَالَ " فِيهَا مِنْ أَوْرَقَ ". قَالَ نَعَمْ. قَالَ " فَأَنَّى كَانَ ذَلِكَ ". قَالَ أُرَاهُ عِرْقٌ نَزَعَهُ. قَالَ " فَلَعَلَّ ابْنَكَ هَذَا نَزَعَهُ عِرْقٌ ".
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki,) Rasululloh ﷺning huzurlariga bir aʼrobiy (sahroyi) kelib: «Yo Rasululloh, mening xotinim qora bola tugʻdi (men shubhalanyapman)», dedi. U zot: «Sening tuyalaring bormi?» dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Ularning ranglari qanday?» dedilar. U: «Qizil», dedi. U zot: «Ularning orasida boz (kulrang) (tuya) bormi?» dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Bu (rang) qaerdan boʻldi?» dedilar. U: «Menimcha, (bir) tomir (nasl) uni tortgandir (avloddan oʻtgandir)», dedi. U zot: «Bas, ehtimol, sening bu oʻgʻlingni ham (bir) tomir (nasl) tortgandir», dedilar.