حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ فُضَيْلِ بْنِ غَزْوَانَ، عَنِ ابْنِ أَبِي نُعْمٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ سَمِعْتُ أَبَا الْقَاسِمِ، صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " مَنْ قَذَفَ مَمْلُوكَهُ وَهْوَ بَرِيءٌ مِمَّا قَالَ، جُلِدَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، إِلاَّ أَنْ يَكُونَ كَمَا قَالَ ".
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki, u aytdi:) Men Abulqosim ﷺning: «Kim oʻz qulini (mamlukini) — u (qul) oʻzi aytgan (ayb)dan pok boʻla turib — qazf qilsa (ayblasa), Qiyomat kuni (shu uchun) darralanadi — magar (qul haqiqatan) u aytganday boʻlsa (bundan mustasno)», deganlarini eshitdim.