حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ شُرَحْبِيلَ، قَالَ قَالَ عَبْدُ اللَّهِ قَالَ رَجُلٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَىُّ الذَّنْبِ أَكْبَرُ عِنْدَ اللَّهِ قَالَ " أَنْ تَدْعُوَ لِلَّهِ نِدًّا، وَهْوَ خَلَقَكَ ". قَالَ ثُمَّ أَىٌّ قَالَ " ثُمَّ أَنْ تَقْتُلَ وَلَدَكَ، أَنْ يَطْعَمَ مَعَكَ ". قَالَ ثُمَّ أَىٌّ قَالَ " ثُمَّ أَنْ تُزَانِيَ بِحَلِيلَةِ جَارِكَ ". فَأَنْزَلَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ تَصْدِيقَهَا
﴿ وَالَّذِينَ لاَ يَدْعُونَ مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ وَلاَ يَقْتُلُونَ النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلاَّ بِالْحَقِّ وَلاَ يَزْنُونَ وَمَنْ يَفْعَلْ ذَلِكَ يَلْقَ أَثَامًا ﴾ الآيَةَ.(Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki,) Bir kishi: «Yo Rasululloh, Allohning nazdida qaysi gunoh eng katta?» dedi. U zot: «Seni yaratgan boʻla turib, Allohga sherik (teng) chaqirishing (deb daʼvo qilishing)», dedilar. U: «Soʻng qaysi?» dedi. U zot: «Soʻng — sen bilan birga ovqatlanadi degan (qoʻrquv) sababli farzandingni oʻldirishing», dedilar. U: «Soʻng qaysi?» dedi. U zot: «Soʻng — qoʻshningning ayoli bilan zino qilishing», dedilar. Bas, Alloh azza va jalla buni tasdiqlab (mana shu oyatni) nozil qildi: «Ular Alloh bilan birga boshqa ilohga ibodat qilmaydilar; Alloh harom qilgan jonni — haqli (sabab)dan boshqa (holda) — oʻldirmaydilar va zino qilmaydilar. Kim shularni qilsa, (ogʻir) jazoga yoʻliqadi» (Furqon surasi, 68-oyat va undan keyingisi).