حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ هِشَامِ بْنِ زَيْدٍ، عَنْ أَنَسٍ ـ رضى الله عنه ـ أَنَّ يَهُودِيًّا، قَتَلَ جَارِيَةً عَلَى أَوْضَاحٍ لَهَا، فَقَتَلَهَا بِحَجَرٍ، فَجِيءَ بِهَا إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَبِهَا رَمَقٌ فَقَالَ " أَقَتَلَكِ فُلاَنٌ ". فَأَشَارَتْ بِرَأْسِهَا أَنْ لاَ، ثُمَّ قَالَ الثَّانِيَةَ، فَأَشَارَتْ بِرَأْسِهَا أَنْ لاَ، ثُمَّ سَأَلَهَا الثَّالِثَةَ فَأَشَارَتْ بِرَأْسِهَا أَنْ نَعَمْ، فَقَتَلَهُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم بِحَجَرَيْنِ.
(Anas (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki,) Bir yahudiy bir choʻri (qiz)ni taqinchoqlari (uchun) oʻldirdi — uni tosh bilan urib (oʻldirdi). U (qiz) Paygʻambar ﷺning huzurlariga — hali joni borligida — keltirildi. U zot: «Seni falon oʻldirdimi?» dedilar. U boshi bilan ‹yoʻq› deb ishora qildi. Soʻng U zot ikkinchi marta (soʻradilar), u (yana) boshi bilan ‹yoʻq› deb ishora qildi. Soʻng uchinchi marta soʻraganlarida, u boshi bilan ‹ha› deb ishora qildi. Bas, Paygʻambar ﷺ uni (yahudiyni) ikki tosh bilan oʻldirdilar.