حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا لَيْثٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، أَنَّ سَهْلَ بْنَ سَعْدٍ السَّاعِدِيَّ، أَخْبَرَهُ أَنَّ رَجُلاً اطَّلَعَ فِي جُحْرٍ فِي باب رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَمَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مِدْرًى يَحُكُّ بِهِ رَأْسَهُ، فَلَمَّا رَآهُ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لَوْ أَعْلَمُ أَنْ تَنْتَظِرَنِي لَطَعَنْتُ بِهِ فِي عَيْنَيْكَ ". قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّمَا جُعِلَ الإِذْنُ مِنْ قِبَلِ الْبَصَرِ ".
(Sahl ibn Saʼd as-Soidiy (roziyallohu anhu) xabar berdiki,) Bir kishi Rasululloh ﷺning eshigidagi bir teshikdan (ichkariga) moʻraladi; Rasululloh ﷺning (qoʻllarida) boshlarini qashiydigan midro (taroq yoki temir igna) bor edi. Rasululloh ﷺ uni koʻrganlarida: «Agar men sening (shu yerda) meni poylab turishingni (aniq) bilsam edi, mana shu (asbob) bilan koʻzlaringga sanchgan boʻlardim», dedilar. Rasululloh ﷺ: «Izn (soʻrash) faqat koʻz (nigoh) sababli (oʻgʻrincha qaramaslik uchun) joriy qilingan», dedilar.