حَدَّثَنَا صَدَقَةُ بْنُ الْفَضْلِ، أَخْبَرَنَا ابْنُ عُيَيْنَةَ، حَدَّثَنَا مُطَرِّفٌ، قَالَ سَمِعْتُ الشَّعْبِيَّ، قَالَ سَمِعْتُ أَبَا جُحَيْفَةَ، قَالَ سَأَلْتُ عَلِيًّا ـ رضى الله عنه ـ هَلْ عِنْدَكُمْ شَىْءٌ مَا لَيْسَ فِي الْقُرْآنِ وَقَالَ مَرَّةً مَا لَيْسَ عِنْدَ النَّاسِ فَقَالَ وَالَّذِي فَلَقَ الْحَبَّ وَبَرَأَ النَّسَمَةَ مَا عِنْدَنَا إِلاَّ مَا فِي الْقُرْآنِ، إِلاَّ فَهْمًا يُعْطَى رَجُلٌ فِي كِتَابِهِ، وَمَا فِي الصَّحِيفَةِ. قُلْتُ وَمَا فِي الصَّحِيفَةِ قَالَ الْعَقْلُ، وَفِكَاكُ الأَسِيرِ، وَأَنْ لاَ يُقْتَلَ مُسْلِمٌ بِكَافِرٍ.
(Shaʼbiy aytdi: Men Abu Juhayfaning shunday deganini eshitdim:) Men Ali (roziyallohu anhu)dan: «Sizlarda Qurʼonda yoʻq biror narsa bormi?» — bir safar: «odamlarda yoʻq (narsa)mi?» — deb soʻradim. U: «Donni yorgan (undirgan) va jonni yaratgan Zotga qasamki, bizda Qurʼondagi (narsa)dan — va bir kishiga oʻz Kitobida beriladigan fahmdan (tushunchadan) hamda mana shu sahifadagi (narsa)dan — boshqa hech narsa yoʻq», dedi. Men: «Sahifada nima bor?» dedim. U: «Aql (diyat hukmlari), asirning fidyasi (toʻlovi) va musulmon kofir (oʻrniga qasosan) oʻldirilmasligi (hukmi)», dedi.