حَدَّثَنِي عَمْرُو بْنُ زُرَارَةَ، أَخْبَرَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَبْدِ الْعَزِيزِ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ لَمَّا قَدِمَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الْمَدِينَةَ أَخَذَ أَبُو طَلْحَةَ بِيَدِي فَانْطَلَقَ بِي إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ أَنَسًا غُلاَمٌ كَيِّسٌ فَلْيَخْدُمْكَ. قَالَ فَخَدَمْتُهُ فِي الْحَضَرِ وَالسَّفَرِ، فَوَاللَّهِ مَا قَالَ لِي لِشَىْءٍ صَنَعْتُهُ، لِمَ صَنَعْتَ هَذَا هَكَذَا وَلاَ لِشَىْءٍ لَمْ أَصْنَعْهُ لِمَ لَمْ تَصْنَعْ هَذَا هَكَذَا
(Abdulaziz rivoyat qildiki, Anas aytdi:) Rasululloh ﷺ Madinaga (hijrat qilib) kelganlarida, Abu Talha qoʻlimdan ushlab, meni Rasululloh ﷺning huzurlariga olib bordi-da: «Yo Rasululloh, Anas — zukko (aqlli) bola, Sizga xizmat qilsin», dedi. (Anas aytdi:) Bas, men U zotga hazarda (uyda) va safarda xizmat qildim. Vallohi, U zot men qilgan biror ish uchun: «Buni nega bunday qilding?» yoki men qilmagan biror narsa uchun: «Buni nega bunday qilmading?» demadilar.