حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَلْقَمَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ لَمَّا نَزَلَتْ هَذِهِ الآيَةُ
﴿ الَّذِينَ آمَنُوا وَلَمْ يَلْبِسُوا إِيمَانَهُمْ بِظُلْمٍ ﴾ شَقَّ ذَلِكَ عَلَى أَصْحَابِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَقَالُوا أَيُّنَا لَمْ يَلْبِسْ إِيمَانَهُ بِظُلْمٍ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّهُ لَيْسَ بِذَاكَ، أَلاَ تَسْمَعُونَ إِلَى قَوْلِ لُقْمَانَ ﴿ إِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظِيمٌ ﴾".(Abdulloh (ibn Masʼud) (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki, u aytdi:) Mana shu oyat: «Iymon keltirgan va iymonlarini zulm (shirk) bilan aralashtirmagan kishilar...» (Anʼom surasi, 82-oyat) nozil boʻlganida, bu (oyat) Paygʻambar ﷺning sahobalariga ogʻir botdi va ular: «Qaysi birimiz oʻz iymonini zulm bilan aralashtirmagan?» dedilar. Shunda Rasululloh ﷺ: «U (oyat) sizlar (oʻylagan)day emas. Luqmonning soʻzini eshitmadingizmi: ‹Albatta, shirk — katta zulmdir› (Luqmon surasi, 13-oyat)?», dedilar.