حَدَّثَنَا أَبُو النُّعْمَانِ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ دِينَارٍ، عَنْ جَابِرٍ ـ رضى الله عنه ـ أَنَّ رَجُلاً، مِنَ الأَنْصَارِ دَبَّرَ مَمْلُوكًا، وَلَمْ يَكُنْ لَهُ مَالٌ غَيْرُهُ، فَبَلَغَ ذَلِكَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " مَنْ يَشْتَرِيهِ مِنِّي " . فَاشْتَرَاهُ نُعَيْمُ بْنُ النَّحَّامِ بِثَمَانِمِائَةِ دِرْهَمٍ. قَالَ فَسَمِعْتُ جَابِرًا يَقُولُ عَبْدًا قِبْطِيًّا مَاتَ عَامَ أَوَّلَ.
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, ansorlardan bir kishi bir qulini mudabbar qildi (oʻzi oʻlgach ozod boʻlishini vasiyat qildi), undan boshqa moli yoʻq edi. Bu (xabar) Rasululloh ﷺ ga yetgach, u zot: «Uni mendan kim sotib oladi?» dedilar. Shunda Nuaym ibn an-Nahhom uni sakkiz yuz dirhamga sotib oldi. (Rovi) aytdi: Jobirning: «U qibtiy (misrlik) qul boʻlib, oʻsha yilning oʻzida vafot etdi» deganini eshitdim.