حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، حَدَّثَنَا شُعَيْبٌ، حَدَّثَنَا أَبُو الزِّنَادِ، عَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " هَاجَرَ إِبْرَاهِيمُ بِسَارَةَ، دَخَلَ بِهَا قَرْيَةً فِيهَا مَلِكٌ مِنَ الْمُلُوكِ أَوْ جَبَّارٌ مِنَ الْجَبَابِرَةِ، فَأَرْسَلَ إِلَيْهِ أَنْ أَرْسِلْ إِلَىَّ بِهَا. فَأَرْسَلَ بِهَا، فَقَامَ إِلَيْهَا فَقَامَتْ تَوَضَّأُ وَتُصَلِّي فَقَالَتِ اللَّهُمَّ إِنْ كُنْتُ آمَنْتُ بِكَ وَبِرَسُولِكَ فَلاَ تُسَلِّطْ عَلَىَّ الْكَافِرَ، فَغُطَّ حَتَّى رَكَضَ بِرِجْلِهِ ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Ibrohim (alayhissalom) Soraning (hamrohligida) hijrat qildi. U (Sorani olib) podshohlardan bir podshoh yoki zolimlardan bir zolim (yashaydigan) qishloqqa kirdi. (Oʻsha zolim) u (Ibrohim)ga: ‹Uni (Sorani) menga yubor› deb (odam) yubordi. (Ibrohim) uni yubordi. (Zolim) unga (yomon niyat bilan) qarab oʻrnidan turdi. Shunda (Sora) turib tahorat oldi va namoz oʻqib: ‹Allohim! Agar men Senga va Sening Rasulingga iymon keltirgan boʻlsam, bu kofirni menga musallat qilmagin› dedi. Shunda u (zolim) oyogʻini yerga urguncha boʻgʻila boshladi» dedilar.