حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، قَالَ حَفِظْنَاهُ مِنَ الزُّهْرِيِّ عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِذَا اشْتَدَّ الْحَرُّ فَأَبْرِدُوا بِالصَّلاَةِ، فَإِنَّ شِدَّةَ الْحَرِّ مِنْ فَيْحِ جَهَنَّمَ ". " وَاشْتَكَتِ النَّارُ إِلَى رَبِّهَا فَقَالَتْ يَا رَبِّ أَكَلَ بَعْضِي بَعْضًا. فَأَذِنَ لَهَا بِنَفَسَيْنِ نَفَسٍ فِي الشِّتَاءِ، وَنَفَسٍ فِي الصَّيْفِ، فَهُوَ أَشَدُّ مَا تَجِدُونَ مِنَ الْحَرِّ، وَأَشَدُّ مَا تَجِدُونَ مِنَ الزَّمْهَرِيرِ ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Juda issiq havoda peshinni salqinlaguncha kechiktiringlar; chunki issiqning qattiqligi doʻzax oʻtining qaynashidan(dir). Doʻzax Robbiga shikoyat qilib: ‹Ey Robbim, bir qismim ikkinchi qismimni yeb (vayron qilib) yubordi›, — dedi. Shunda Alloh unga ikki marta nafas olishga ruxsat berdi: biri qishda, biri yozda. Yozdagi nafas — siz eng qattiq issiqni sezadigan paytda, qishdagi nafas — siz eng qattiq sovuqni sezadigan paytda(dir)», — dedilar.