حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ، قَالَ حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبِي الْمِنْهَالِ، عَنْ أَبِي بَرْزَةَ، كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يُصَلِّي الصُّبْحَ وَأَحَدُنَا يَعْرِفُ جَلِيسَهُ، وَيَقْرَأُ فِيهَا مَا بَيْنَ السِّتِّينَ إِلَى الْمِائَةِ، وَيُصَلِّي الظُّهْرَ إِذَا زَالَتِ الشَّمْسُ، وَالْعَصْرَ وَأَحَدُنَا يَذْهَبُ إِلَى أَقْصَى الْمَدِينَةِ ثُمَّ يَرْجِعُ وَالشَّمْسُ حَيَّةٌ، وَنَسِيتُ مَا قَالَ فِي الْمَغْرِبِ، وَلاَ يُبَالِي بِتَأْخِيرِ الْعِشَاءِ إِلَى ثُلُثِ اللَّيْلِ. ثُمَّ قَالَ إِلَى شَطْرِ اللَّيْلِ. وَقَالَ مُعَاذٌ قَالَ شُعْبَةُ ثُمَّ لَقِيتُهُ مَرَّةً فَقَالَ أَوْ ثُلُثِ اللَّيْلِ.
Abul-Minhol (Abu Barzadan) rivoyat qiladi: Abu Barza: «Paygʻambar ﷺ bomdod (namozini) — (namozdan keyin) kishi yonida oʻtirganni taniy oladigan paytda — oʻqir va Qurʼondan 60 dan 100 gacha oyat oʻqir edilar. Peshinni quyosh ogʻishi bilanoq oʻqir, asrni esa kishi Madinaning eng chekka joyiga borib qaytganida quyosh hali issiq boʻlgan paytda oʻqir edilar. (Roviy shom haqida aytilganni unutdi.) U zot xufton (namozini) kechaning uchdan birigacha yoki yarmigacha kechiktirishni (zarari yoʻq deb) hisoblar edilar», — dedi.