حَدَّثَنَا أَيُّوبُ بْنُ سُلَيْمَانَ، قَالَ حَدَّثَنِي أَبُو بَكْرٍ، عَنْ سُلَيْمَانَ، قَالَ صَالِحُ بْنُ كَيْسَانَ أَخْبَرَنِي ابْنُ شِهَابٍ، عَنْ عُرْوَةَ، أَنَّ عَائِشَةَ، قَالَتْ أَعْتَمَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِالْعِشَاءِ حَتَّى نَادَاهُ عُمَرُ الصَّلاَةَ، نَامَ النِّسَاءُ وَالصِّبْيَانُ. فَخَرَجَ فَقَالَ " مَا يَنْتَظِرُهَا أَحَدٌ مِنْ أَهْلِ الأَرْضِ غَيْرُكُمْ ". قَالَ وَلاَ يُصَلَّى يَوْمَئِذٍ إِلاَّ بِالْمَدِينَةِ، وَكَانُوا يُصَلُّونَ فِيمَا بَيْنَ أَنْ يَغِيبَ الشَّفَقُ إِلَى ثُلُثِ اللَّيْلِ الأَوَّلِ.
Ibn Shihob (Urvadan, u Oishadan) rivoyat qiladi: Oisha dedi: «Bir kuni Rasululloh ﷺ xufton namozini — Umar: ‹Namoz! Ayollar va bolalar uxlab qoldi›, — deb eslatguncha — kechiktirdilar. Soʻng Paygʻambar ﷺ chiqib: ‹Yer ahlidan undan (namozdan) sizlardan boshqa hech kim kutayotgani yoʻq›, — dedilar». Urva: «Oʻsha kunlarda namoz faqat Madinadagina oʻqilar edi», — dedi. U yana: «Paygʻambar ﷺ xufton namozini shafaq (ufqdagi qizillik) gʻoyib boʻlishi bilan kechaning birinchi uchdan biri tugashi orasida oʻqir edilar», — dedi.