حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ عُفَيْرٍ، حَدَّثَنِي اللَّيْثُ، حَدَّثَنِي عُقَيْلٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي سَعِيدُ بْنُ الْمُسَيَّبِ، أَنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ، قَالَ بَيْنَا نَحْنُ جُلُوسٌ عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " بَيْنَا أَنَا نَائِمٌ رَأَيْتُنِي فِي الْجَنَّةِ، فَإِذَا امْرَأَةٌ تَتَوَضَّأُ إِلَى جَانِبِ قَصْرٍ، قُلْتُ لِمَنْ هَذَا الْقَصْرُ قَالُوا لِعُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ. فَذَكَرْتُ غَيْرَتَهُ فَوَلَّيْتُ مُدْبِرًا ". قَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ فَبَكَى عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ ثُمَّ قَالَ أَعَلَيْكَ بِأَبِي أَنْتَ وَأُمِّي يَا رَسُولَ اللَّهِ أَغَارُ
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytdi:) Biz Rasululloh ﷺning huzurlarida oʻtirgan edik, U zot: «Men uxlab yotganimda, oʻzimni jannatda koʻrdim. Mana, bir ayol bir qasrning yonida tahorat olayotgan edi. Men: ‹Bu qasr kimniki?› dedim. Ular: ‹Umar ibn Xattobniki›, dedilar. Shunda men uning gʻayratini (rashkini) eslab, orqaga burilib ketdim», dedilar. Abu Hurayra aytdi: Shunda Umar ibn Xattob yigʻladi-da: «Otam-onam Sizga fido boʻlsin, yo Rasululloh, men Sizdan (Sizning haqingizda) rashk qilamanmi?!» dedi.